21 dek 14:26
Yangiliklar

Xorxe Masvidal Jeyk Polning "vyzov"iga keskin javob qaytardi
«Seni menga chaqiruv tashlashga haqqing yo'q. Na menga va na sen nomini tilga olgan boshqa jangchilarga. Sening bu chaqiruvni tashlashing mumkin emas. Sen qancha to'lashingni men bilaman. Sen 50-100 million dollar haqida gapiryapsan. Bularning bari safsata.
Men senga bir sirni aytaman: men pul uchun jang qilaman yoki dunyoning eng yaxshi jangchilari bilan urishaman. Sen na u, na bu toifaga kirasan",-dedi Masvidal.
Eslatib o'tamiz, Jeyk Pol va Tayron Vudli o'rtasidagi jang 19 dekabrga o'tar kechasi bo'lib o'tgan va Jeykning oltinchi raunddagi g'alabasi bilan yakunlangan edi. Bu ularning ikkinchi jangi edi. Joriy yilning avgust oyi oxirida bo'lib o'tgan birinchi bahsda Jeyk Pol 77-75, 75-77, 78-74 hisobida g'alaba qozongandi.
Fikrlar