10 avg 12:55
Yangiliklar
Tokio-2020
Xossu Riodagi uchinchi oltin medalini qo'lga kiritdi
Vengriyalik sportchi Katinka Xossu Rio Olimpiadasidagi o'zining uchinchi oltin medalini qo'lga kiritdi.
Xossu 200 metr masofaga kompleks usulda o'tkazilgan suzish bahslarida g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi. U belgilangan masofani 2 daqiqayu 2,58 soniyada bosib o'tdi. Bu bilan u yangi olimpiada rekordini ham o'rnatdi.
Kumush medal britaniyalik SHevonn-Mari O'Konnorga, bronza esa amerikanlik Madlin Diradoga nasib etdi. 27 yoshli Xossu endi uch karra Olimpiada chempioni!
Havola :
Fikrlar