So’nggi yangiliklar

15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0 14:04Дакарда бугун уч нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсларга қўшилади 0 13:46Самбо бўйича 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 13:15"Манчестер Юнайтед" тарихида илк бор ушбу ҳолатга тушиб қолди 0 12:44Конор Макгрегор: "Холлоуэйни бир оёқда ҳам енгардим" 0 12:11Ковингтон UFC жангчилари ва Zuffa боксчилари ўртасидаги мукофот фарқи учун Дана Уайтни танқид қилди 0 11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0

02 fev 13:01
Yangiliklar

Stol tennisi

Xotin-qizlar o'rtasida stol tennisi sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Teglar :  stol tennisi
Joriy yilning birinchi fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 1 - sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida stol tennis va kurash sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

O'zbekiston stol tennisi federaciyasi, O'zbekiston kurash associaciyasi hamda Uchtepa tumani 1 — sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida tashkil qilingan musobaqalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning beshta muhim tashabbusining ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash bo'yicha Uchtepa tumani mahallalarida yashovchi xotin-qizlar o'rtasida stol tennisi va kurash sport turlari bo'yicha o'tkazildi. 

 Jami 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashgan ushbu musobaqa xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va sport turlariga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.Turnir davomida uchtepalik xotin-qizlar yaxshigina stol tennischisi ekanliklarini namoyish etishdi.


Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor sportchilar O'zbekiston stol tennisi federaciyasi, O'zbekiston kurash associaciyasi hamda Uchtepa tumani 1 — sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tomonidan diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari bilan tanishing:

1- o'rin: G. Abdulaxatova,

2- o'rin: N. Egamberganova,

3- o'rin: G. Mamurbekova,

3- o'rin: N. Xabibulaeva.

“Bugungi musobaqa yaxshi tarzda tashkil qilindi. Buning uchun O'zbekiston stol tennisi federaciyasi, O'zbekiston kurash associaciyasi hamda Uchtepa tumani 1 — sonli bolalar-o'smirlar sport maktabiga minnatdorchilik bildiraman. Stol tennisi sog'lom turmush tarzi uchun juda foydali deb o'ylayman. Bunday musobaqalar chekka qishloq va tumanlarda ham tashkil qilinishi istab qolgan bo'lardim”- deb fikrini yakunladi musobaqa g'olibasi.

"Bugungi musobaqamiz muhtaram prezidentimizning ilgari surgan beshta muhim tashabbusining ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash maqsadida o'tkazilmoqda. Maqsadimiz — ayollarni yanada sportga jalb qilish va ularni sog'lom turmush tarziga tadbiq qilish. Stol tennisi bilan shug'ullangan odam doimiy ravishda sog'lom bo'ladi. Sababi stol tennisi bilan shug'ullangan odamning tana azolarining barcha sohalari ishlaydi. Bugungi musobaqalarni uzluksiz tarzda o'tkazib borishimiz kerak, chunki uyda o'tirgan ayollar ham sport bilan band bo'lish imkonini yaratgan bo'lamiz. Ayollarni sport bilan, sog'lom turmush bilan qancha ko'p jalb qilsak, bu bizni, yurtimizni kelajagi uchun foyda. CHunki ona sog'lom bo'lganidan so'ng, o'z navbatida farzand ham sog'lom bo'ladi. Sog'lom avlod esa davlatni kelajagidir”-dedi O'zbekiston stol tennisi federaciyasi raisi Saida Mahmudova.

O'zbekiston stol tennis federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing