05 dek 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboevning raqibi va jang sanasi malum + POSTER
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Xurshid Tojiboev bir haftadan so'ng ringga ko'tariladi.
Hamyurtimiz 11 dekabr kuni Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida rossiyalik Pavel Malikovga qarshi sakkiz raundlik jang o'tkazadi. Malikov prof ringda 16 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang qayd etgan. Hisobida 6 ta nokautli g'alaba bor.
Xurshid Tojiboev esa 5 ta jangning barchasida zafar quchgan. Raqiblarini uch bor muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. Bokschimiz so'nggi jangini 20 avgust kuni Dubay shahrida gruziyalik Achiko Odikadzega qarshi o'tkazib, raqibini beshinchi raundda texnik nokautga uchatgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar