06 may 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Xurshidbek Normatov AQSHda oltinchi jangida ringga ko'tarildi
Xabar berganimizdek, bugun hamyurtimiz Bahodir Jalolov AQSHda o'zining professional boksdagi debyut jangini o'tkazib, meksikalik Ugo Truxiloni uchinchi raundda nokautga uchratdi.
“Foxwoods Resort Casino” arenasida o'tgan aynan mana shu boks oqshomi doirasidagi janglarning birida yana bir charm qo'lqop ustamiz Xurshidbek Normatov ringga ko'tarildi.
Hamyurtimizga bugungi jangda kolumbiyalik Ronald Montes raqiblik qildi. Olti raundga mo'ljallangan jangda Normatov ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va mag'lubiyatsiz seriyani davom ettirdi.
Taqqoslash uchun, Xurshidbek shu kungacha 5ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut) edi. Bugun oltinchi g'alaba ham qo'lga kiritildi. Ronald esa prof ringda 26ta jang o'tkazgan va 18 marotaba zafar quchgan (16ta nokaut) edi. Bugun u to'qqizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar