21 sen 07:34
Yangiliklar
XX Osiyo o'yinlari. Birinchi kundan keyin Xitoy yaqqol peshqadam, Qozog'iston ilk kundayoq 6 ta medal qo'lga kiritdi
Kutilganidek, Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasi birinchi kungi bellashuvlardanoq medallar uchun kurashishda etakchiga aylanib oldi. Xitoy Xalq Respublikasi 11 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza, jami 20 ta medalni rasmiylashtirib ulgurdi. Yaponiya terma jamoasi hisobida ham 20 ta medal bor, faqat ularda oltin medallar soni deyarli teng yarimga kam: 6 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza. Kuchli uchlikni yakunlab turgan Koreya Respublikasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 7 ta bronza medaliga ega.
Yon qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi biroz kutilmaganda birinchi kunning o'zidayoq 6 ta medal qo'lga kiritdi, shundan 6 tasi oltin ekani etiborga molik holat. Velosportchilar Aleksey Lucenko va Rinata Sultanova, karate bahslarida esa Bigabil Jolaman hamda Sofiya Berulceva chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Qozog'iston bundan oldingi Osiyo o'yinlarida ilk medalini to'rtinchi kunga kelibgina qo'lga kiritgan edi.

O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi hisobida hozircha bitta kumush medal bor. 18 yoshli karatechimiz Humoyunmirzo Halimov kumush medalga ega chiqdi. Uning medali evaziga hozircha terma jamoamiz umumjamoa hisobida Qatar bilan 16-o'rinni bo'lishib turibdi.
Qo'shnilarimizdan Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston birinchi kun doirasida 1 tadan bronza medalini rasmiylashtirdi. Ikkinchi kun oldidan jami 27 davlat delegaciyalari kamida bitta medalga ega bo'lib turibdi.


Fikrlar