08 jan 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan - Sterling chempionlik jangi sanasi malum
Engil vazn toifasida UFC chempioni Pyotr Yanning navbatdagi himoya jangi sanasi malum qilindi.
Rossiyalik jahon chempioni kecha AQSHning Mayami shahriga jo'nab ketgan edi. Bugun malum bo'lishicha, Yan 6 mart kuni UFC 259 turnirida Aljameyn Sterlingga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu malumotni chempionning o'zi ham tasdiqladi.
"Jang shartnomasiga imzo chekildi. Endi sabrsizlik bilan jang kunini kutaman", — deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, aslida 27 yoshli rossiyalik ilk himoya jangini 13 dekabr kuni UFC 256 turniri doirasida amerikalik Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazishi kerak edi. Yan hisobida 16 ta jangdan 15 ta g'alaba bor. Bitta jangda mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar