23 jan 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir dahshatli chempionlik jangi elon qilindi
UFC tomonidan yana bir qiziqarli bo'lishi kafolatlangan chempionlik jangi tasdiqlandi.
Yarimog'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Glover Teysheyra 7 may kuni ilk himoya jangini o'tkazadi. U Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida tashkil etiladigan UFC 274 turnirida reytingning ikkinchi pog'onasidan joy olgan Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Malumot uchun, 29 yoshli Irji Proxazka shu kungacha UFC bayrog'i ostida ikkita jang o'tkazdi. U yarimog'ir vazn toifasi UFC kamari uchun sobiq davogarlar Volkan Ozdemir va Dominika Reyesni nokautga uchratdi.
42 yoshli Glover Teysheyra esa 6 ta g'alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda. O'tgan yilning oktyabr oyida Yan Blaxovichni bo'g'ish usuli bilan mag'lub etib, chempionning kamarini tortib olgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar