13 mar 15:01
Yangiliklar
Stol tennisi
Yana bir jahon chempionati bekor qilindi
Bugungi kunda butun dunyoga xavfga solayotgan koronavirus (CoVID-19) kasalligini yuqtirib olgan insonlar soni 135 mingga, vafot etganlar soni esa qariyb 5 ming nafarga yaqinlashib qoldi.
Ayni kunlarda mazkur virusning tarqalishini oldini olish, insonlarning salomatligini saqlash maqsadida ko'plab mamlakatlarda ommaviy sayillar, sport musobaqalari, xalqaro anjuman va tadbirlar o'tkazilishi bekor qilinmoqda.
Jumladan, koronavirus sabab stol tennisi bo'yicha 22-29 mart kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o'tishi kerak bo'lgan jahon chempionati, 1-5-aprel kunlari Italiyaning Richchone shahridagi jahon pro-tur reyting musobaqasi, 21-23-aprel kunlari Eronning Tehron shahrida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati kvalifikacion turniri o'tkazilmaydigan bo'ldi.
O'zbekiston stol tennisi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar