So’nggi yangiliklar

23:55Шахмат Олимпиадаси. 8 та турдан сўнг рейтингдаги кучли ўнлик қандай кўриниш олган? 0 23:10Шахмат Олимпиадаси: Йигитлар қийин баҳсда Сербияни мағлуб этишди, қизларимиз эса АҚШга ютқазишди 0 19:02Леннокс Льюис Жошуа - Дюбуа жанги учун ўз тахминини айтди 0 18:41Аббосбек Файзуллаев РПЛ ўтган мавсумининг энг яхши футболчилари қаторига киритилди 0 17:58Двалишвили Нурмагомедов билан жанг қилишни истамаётганини тушунтирди 0 17:35Шон О'Мэлли операция қилинади 0 17:13Самарқанднинг "Динамо"си Жоэль Кожони "Истиқлол"га 300 000 долларга сотишни истамади 0 16:51Дана Уайт Мераб Двалишвилининг ғалабасига муносабат билдирди 0 16:30Тошкент-2025 ёшлар Осиё ўйинларига тайёргарлик масалалари қайта муҳокама қилинди 0 16:09Хамзат Чимаев Хабиб Нурмагомедов билан муносабати ҳақида гапирди 0 15:48Ханс-Дитер Флик: "Барселона" Чемпионлар Лигасини юта олади" 0 15:27Кураш Индонезия миллий ўйинлари дастурига киритилди + ФОТО 0 15:06Шон О'Мэлли: "Менга кучли босим ўтказишди" 0 14:45Разамбек Жамалов жаҳон рейтинги пешқадамига айланиб олди 0 14:24ЦСКА афсонаси Аббосбек Файзуллаев ҳақида фикр билдирди 0

10 avg 02:15
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Parij-2024

Yana bir kun ikkita oltin medal bilan yakunlandi! (14-kun yakunlari)

Teglar :  Parij-2024
9 avgust kuni Parij Olimpiadasining 14-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida sportchilarimiz quyidagi natijalarni qayd etishdi:  

Suvga sakrash. Igor Myalin (10 metr, saralash) - Igor Myalin 26 nafar sportchi ichida 21-o'rinni egalladi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. 

Badiiy gimnastika. Jamoaviy ko'pkurash saralashi - qizlarimiz ko'pkurashda 7-o'rinni egallashdi va finalga yo'l olishdi.

Taekvondo. Jasurbek Jaysunov - bronza uchun o'tish bahsida yutqazdi (7-o'rin)

Erkin kurash. Javrail SHapiev - bronza uchun bahsda yutqazdi (5-o'rin)

Erkin kurash. Razambek Jamalov - finalga yo'l oldi. Ertaga yaponiyalik raqib bilan oltin uchun kurashadi. 

Taekvondo. Ozoda Sobirjonova - bronza uchun o'tish bahsida imkoniyatni boy berdi (5-o'rin)

Erkin kurash. G'ulomjon Abdullaev - bronza uchun bahsda qirg'izistonlik raqibni mag'lub etdi va medalga ega chiqdi.

Boks. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev finalda meksikalik Marko Alonso Verdeni 5:0 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. 

Boks. Lazizbek Mullojonov finalda ozarbayjonlik Alfonso Domingesni 5:0 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. 




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH


1:53. YANA BIR OLTINNNNN!!! Lazizbek Mullojonov Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan kubalik Alfonso Domingesni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va Olimpiada chempioniga aylandi! Delegaciyamizda beshinchi OLTIN!


00:45. OLTINNNN!!! Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev finalda meksikalik raqibini 5:0 hisobida mag'lub etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi! OLTIN MEDAL!!! O'zbekistonda to'rtinchi OLTIN!


00:08. -67 kg vaznli taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova bronza uchun bahsda belgiyalik Sara CHaariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va 5-o'rin bilan kifoyalandi. Exxx... So'nggi soniyalarda g'alaba qo'ldan chiqdi. Afsus....


23:24. -86 kg vazn toifasida erkin kurashchimiz Javrail SHapiev bronza uchun bahsda amerikalik Aaron Bruksga qarshi bahs olib bordi va afsuski imkoniyatni boy berdi. SHapiev Olimpiadani 5-o'rin bilan yakunladi...


23:14. Taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova o'tish bahsida tailandlik raqibasini 2:1 (2:7, 8:1, 11:0) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Endi u bronza medali uchun belgiyalik sportchiga qarshi bahs olib boradi. Bronza uchun bahs soat 23:50dan so'ng boshlanadi. 


23:02. -57 kg vaznli erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev bronza uchun qirg'izistonlik Bekzat Almaz Uluuga qarshi bahs olib bordi va 5:1 hisobida g'alaba qozondi! Bizda BRONZA!


22:55. Jasurbek Jaysunov o'tish jangida ikki karra jahon chempioni bo'lgan italiyalik raqibga yutqazdi. Afsuski u Olimpiadani medalsiz yakunlaydigan bo'ldi. 


21:44. Razambek Jamalov Viktor Rassadinni 8:2 hisobida mag'lub etdi va Parij Olimpiadasi finaliga yo'l oldi! Final ertaga bo'lib o'tadi.


21:26. Yana bir necha daqiqalardan so'ng Razambek Jamalovning Tojikiston vakili Viktor Rassadinga qarshi yarim final bahsi boshlanadi.


20:03. Ozoda Sobirjonovaning ham raqibi finalga yo'l oldi va hamyurtimiz o'tish bosqichida qatnashish huquqiga ega chiqdi.


19:49. Taekvondochimiz Jasurbek Jaysunovni nimchorak finalda mag'lub etgan eronlik Mehran Barhordari finalga yo'l oldi. Jasurbek endi o'tish bosqichda ishtirok etadi.



Sportchilarimizning yangilanan taqvimi bilan tanishing:

21:20 dan so'ng. Erkin kurash. Razambek Jamalov - Viktor Rassadin (Tojikiston), (74 kg, yarim final)

22:10 dan so'ng. Erkin kurash. G'ulomjon Abdullaev - Bekzat Almaz Uluu (Qirg'iziston) (57 kg, bronza medali uchun)

22:25 dan so'ng. Erkin kurash. Javrail SHapiev - Aaron Bruks (AQSH), (86 kg, bronza medali uchun)

00:30. Boks. Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Marko Alonso Verde (Meksika) (71 kg, final)

01:34. Boks. Lazizbek Mullojonov - Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (92 kg, final)



16:23. Erkin kurashchimiz Razambek Jamalov albaniyalik raqib bilan chorak final jangida 6:5 hisobida g'alaba qozondi! Yarim final!


16:05. Suvga sakrash. Igor Myalin 26 nafar sportchi ichida 21-o'rinni egalladi. U 357.10 ochko to'pladi. Lekin bu yarim finalga chiqishga etarli bo'lmadi. 


15:55. Badiiy gimnastikachilarimiz jamoaviy chiqishning saralashida 64.000 ball jamg'arib, 7-o'rinni egallashdi va finalga yo'l olishdi! Final ertaga, 10 avgust kuni soat 17:00da boshlanadi. 


15:45. Taekvondochimiz Ozoda Sobirjonova afsuski serbiyalik raqibasiga 1:2 (5:0, 4:8, 0:2) hisobida yutqazdi. 


15:30. Razambek Jamalov slovakiyalik raqibini 11:3 hisobida mag'lub etdi va chorak finalga chiqdi!


15:00. Badiiy gimnastikachilarimiz jamoaviy bahslarda dastlabki chiqishni amalga oshirib, 33,550 ball to'plashdi va 10-o'rinni egallashdi. Hozirda ikkinchi chiqish o'tkazilmoqda. Qizlarimiz finalga chiqishlari uchun kuchli sakkizlikka kirishlari lozim bo'ladi. 


14:28. Erkin kurashchimiz Razambek Jamalov ilk bosqichda kelib chiqishi rossiyalik Muhammadxabib Gajimagomedovga qarshi bahs olib bordi va 8:0 hisobida g'alaba qozondi! Raqib juda kuchli edi.


14:15. Igor Myalin uchinchi urinishda 70.20 ball oldi. Umumiy hisobda u hozircha 159.70 ball jamg'ardi. Finalga chiqish ehtimoli juda past.  


14:10. Erkin kurash. Javrail SHapiev bronza uchun o'tish bahsida kanadalik raqibga qarshi kurashdi va 6:1 hisobida g'alaba qozondi! Endi u kechki dasturda bronza uchun kurashadi! Bronza yo'lidagi raqib - amerikalik Aaron Bruks bo'ladi. 


13:57. Jasurbek Jaysunov eronlik kuchli raqibga 1:2 (0:0, 0:12, 6:6) hisobida yutqazdi. Alamli mag'lubiyat...


13:30. Igor Myalinning ikkinchi chiqishi ancha omadsiz kechdi va u 25.50 ball bilan baholandi.


13:10. Suvga sakrash sport turidagi vakilimiz Igor Myalin birinchi raundni yakunladi. Uning ilk chiqishi hakamlar tomonidan 64 ballga loyiq ko'rildi.


Reyting:    

Fikrlar

   
09 avg 23:34:53
Judo 1
Gulomjon tabriklaymiz!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing