So’nggi yangiliklar

16:15Конор Макгрегор UFC'даги анонсларга муносабат билдирди 0 15:54Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган" 0 15:33Дана Уайт Жонс - Аспиналл жангига оид маълумот айтди 0 15:12"Ука, қўрқма". Анкалаев Перейрага мурожаат қилди 0 14:51Рим WTA 1000. Пейтон Стёрнс Элина Свитолинани таслим этди 0 14:30"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди 0 14:09Осиё чемпионати. Гулруҳбегим ва Афрузада муҳим ғалабалар 0 13:48World Boxing. Бугун Асадхўжа Мўйдинхўжаев ва яна 4 боксчимиз рингга кўтарилади 0 13:27Роман Копиловга ҳам UFC 317 турнири учун жанг берилди 0 13:06“Реал“ иккита ҳимоячи учун 100 миллион евро тўлашга тайёр 0 12:45Осиё чемпионати. Воҳидовда муҳим ғалаба ва у иккинчи ўринга кўтарилиб олди 0 12:24Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпионлик жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:03World Boxing. Олти нафар боксчимизнинг барида ишончли ғалаба 0 11:42Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади 0 11:21Даниил Медведев Рим "Мастерс"даги иштирокини якунлади 0

01 noy 14:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Yana bir o'zbekistonlik murabbiy xorijda ish boshladi + FOTO

Olimpiada chempionini tayyorlagan mutaxassisimiz endi dunyoda o'z o'rniga ega, qitamiz etakchilaridan biri Mo'g'uliston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Abror Tursunpo'latov Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi va ko'pchilik u kishini shu orqali yaxshi taniydi. Rossiyalik Sergey Kovalyov aynan Abror Tursunpo'latov qo'l ostida jahon chempioni bo'lgan edi. 

"Ikki hafta oldin Mo'g'uliston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladim. Menga avvalgi bosh murabbiy yordam beradi. Bir vaqtning o'zida ayollar terma jamoasiga ham masul bo'laman. To'g'ri, u erda katta murabbiy bor. Lekin masullik mening zimmamda. Hozir Ammanga Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun keldik. Erkaklar terma jamoasi tarkibi 9, ayollar jamoamiz 8 bokschidan iborat. Oldimizga qo'yilayotgan asosiy vazifa bu - Parij-2024 Olimpiadasi bo'ladi", - dedi saytimizga bergan intervyusida Tursunpo'latov. 

Malumot uchun, ayni paytda o'zbekistonlik boks murabbiylaridan Vladimir SHin Yaponiya, Hasan Muhammedov BAA terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Sidney Olimpiadasining bronza medali sovrindori Rustam Saidov esa yaqinda Malayziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlab keldi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing