06 iyu 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Yana bir rossiyalik chempion bo'lishga jiddiy bel bog'lagan ko'rinadi
Rossiyalik UFC jangchisi Movsar Evloev kuni kecha amerikalik Den Ige ustidan g'alaba qozongandi.
Ushbu jang UFC Vegas 56 turniridan o'rin olgan edi. Uch raund etib belgilangan jang to'liq davom etgan va yakunda Evloev hakamlar qaroriga ko'ra g'olib deb topilgandi — 30:27, 30:27, 30:26.
Rossiyalik o'z g'alabasidan so'ng: "CHempion bo'laman, Insha Alloh!", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgandi.
Evloev uchun bu professional faoliyatidagi 16-jangda qo'lga kiritilgan 16-g'alaba bo'ldi. UFC'da esa ketma-ket 6-jangida zafar quchdi. Ko'pchilik MMA olamidagilar rossiyaliklar orasida Petr Yan, qolaversa Xabibning "vorisi" bo'lmish Islam Maxachevni UFC chempionligiga asosiy davogarlar deb hisoblashadi. Endi ular safiga Evloev ham qo'shildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar