10 dek 19:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Yana bir yarim final - Abdumalik Xalokov g'alabali yurishini davom ettirmoqda!
Birlashgan Arab Amirliklari boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun chempionat doirasida chorak final bahslari tashkil etilmoqda. Musobaqada -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov chorak final doirasida Ozarbayjon vakili Mahammadali Ashiralievga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Abdumalik Xalokov 5:0 hisobida g'alabaga erishib, yarim finalga yo'l oldi.
Bungacha Abdumalik musobaqa doirasida ikkita bosqichdan avtomatik tarzda o'tib, nimchorak finalda ispaniyalik Enrike Kakulovni mag'lubiyatga uchratgandi.
Endi Xalokov yarim finalda Latviya yoki Armaniston vakiliga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar