28 mar 19:08
Yangiliklar
Yana ikki o'zbek dzyudochisi Tbilisidagi "Katta Dubulg'a"da medal qo'lga kiritdi, umumjamoa hisobida to'rtinchi bo'ldik
Musobaqada -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Davlat Bobonov bronza medali uchun kechgan bahsda Isroil vakili Kochman Lini mag'lubuyatga uchratdi va Tbilisi «Katta Dubulg'a» turniri bronza medali sohibiga aylandi.
-100 kg vazn toifasidagi birinchi bronza medali O'zbekiston terma jamoasi azosiga nasib etdi. Istedodli dzyudochimiz Muzaffarbek To'raboev bronza medali uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Niyaz Bilalovni qo'shimcha bo'limda qo'lga kiritilgan vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratdi va bronza medali sohibiga aylandi.
SHu tariqa, To'raboev qatorasiga ikkinchi turnirda ham bronza medalini qo'lga kiritdi. Muzaffarbek uch hafta avval Toshkent «Katta Dubulg'a» turnirida ham bronza medaliga ega chiqqandi.
Eslatib o'tamiz, bungacha Sardor Nurillaev oltin, Kemran Nurillaev kumush, Gulnoza Matniyazova esa bronza medalini qo'lga kiritgandi.
SHu tariqa, Tbilisidagi "Katta Dubulg'a"da 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida to'rtinchi bo'ldi.
Fikrlar