21 fev 15:59
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yana qo'rquv his qilishni istadim". Jon Jons og'ir vaznga o'tish haqida gapirdi
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons og'ir vazn toifasiga o'tganiga izoh berdi.
"Qaysidir pallada men qo'rqish nimaligini his qilmay qo'ydim. Raqiblarni o'rganmay, shunchaki yangi ish kunini sabrsizlik bilan kutmay qo'ydim. Qo'rquv yo'qoldi, men bu yigitlardan qo'rqmay qo'ydim. Men Dominik Reyes kabi yigitlar bilan jang qilishni boshladim, u kollej paytidan beri men bilan jangni orzu qilardi.
Men bundan ham ko'prog'ini istardim. Yana asabiylashishni, qo'rquv his qilishni istadim. Og'ir vazn toifasida bunday poziciyada qo'rquv foydali bo'ladi deb o'ylayman", - dedi Jons.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar