15 noy 07:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Yandievdan kaltak egan Xaritonov yuzini ko'rsatdi + FOTO
Internet tarmoqlarida Sergey Xaritonovning sobiq UFC jangchisi Adam Yandiev bilan mushtlashuvidan keyingi surati paydo bo'ldi.
Voqea 13 noyabr kuni kechqurun Moskvada sodir bo'lgandi. Rossiyalik Bellator jangchisi Sergey Xaritonov hamyurti, sobiq UFC jangchisi Adam Yandiev bilan mushtlashib ketgandi. Kutilmaganda yuz qismiga qabul qilib olgan zarbalaridan keyin Xaritonovni kasalxonaga yotqizishgandi.
SHifokorlar jabrlanuvchiga burun sinini, miya chayqalishi kabi tashhislarni qo'yishgan. Suratdan ko'rinib turibdiki, Sergeyning ko'zi ham abgor holatga kelgan. Xaritonov advokatining aytishicha, Sergeyning hozirgi holati yaxshi emas. Policiya Yandievni xibsga olgan. Dushanba, 16 noyabr kuni Xaritonov jarrohlik stoliga yotadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar