So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

26 may 20:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yangi promoushen: qoidalarsiz jang, xech qanday vazn toifalari yo'q. Barchasi Van Damm filmlaridek (FOTO + VIDEO)

23 may kuni Polshaning Katovice shahrida yangi promoushen - WOTOREning ikkinchi turniri tashkil etildi.

Unda sportchilar qo'lqoplarsiz jang qilishadi, vazn toifalari, raundlar va vaqtlar belgilanmagan. Faqat nokaut evaziga g'alaba qozonish mumkin. 

U erdagi muhit esa aqlbovar qilmas darajada boshqacha.



WOTORE yangi promoushen, birinchi turnirini 2020 yilning 18 yanvarida o'tkazgan. Tashkilotchilarning malum qilishicha, o'sha kungi pullik translyaciyalardan 1 077 147 Polsha zlotiysi ( 2 696 505 994 so'm) daromad olingan. Yutubda milliondan ortiq tomosha qilingan, mediada ming marotabadan ortiq eslab o'tilgan. 

Promoushenning eng ahamiyatli jihati - u erdagi muhitda. Arena 9x9 metrdan iborat. Atrofida esa chuqurlik. Jangchilar baraban sadolari ostida chiqib kelishadi. Barchasi 90-yillardagi Jan-Klod Van Damm ishtirokidagi "Sarguzasht izlab" filmini yodga soladi. 



Qoidalar ham o'xshash: turli yakkakurash sport turlarini o'zlashtirgan 8 sportchi 50 ming zlotiy (125 168 895 so'm) uchun kurash olib borishadi - g'olib faqat bitta. Qo'lqoplar yo'q, tirsak, tizza va bosh bilan ham zarba bersa bo'ladi. Jangda faqat muddatidan oldin g'olib chiqish mumkin: jang kimdir nokaut bo'lgunicha, mag'lubiyatni tan olgunicha yoki davom ettirishni rad etgunicha o'tkaziladi. Raundlar ham yo'q.



23 may kungi turnirda boks, kikboksing, jiu-jitsu va MMA sporti bilan shug'ullanuvchi sportchilar ishtirok etishdi. Turnirda Mixal Pasternak g'alaba qozondi. U turnir davomida 37 soniya ichida 125 killogramlik Demian Berini, finalda esa 2 daqiqa 27 soniya ichida Kacper Mikloshni bo'g'ish usuli orqali mag'lub etdi.


WOTORE 2 turniri davomida MMA tarixida ilk bor qizlar qo'lqopsiz jang qilishdi: Klaudiya Sigula Karolina Sobekka qarshi.

Hozircha tashkilotchilar pullik translyaciyalardan qancha daromad olinganini elon qilishmadi, lekin ushbu format polshalik tomoshabinlarga maqul keldi: turnirni o'sha kecha 10 ming tomoshabin bevosita kuzatdi. 

Reyting: -2   

Fikrlar

   
26 may 23:35:19
Sanjar Tursunov
Puli dep odamlar nmalar qimaydi odam odamni qiynasaya oxrgi zamon alomatari bu inson qadri qomabdi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing