27 dek 07:01
Yangiliklar
Yangi qoidalar bo'yicha terma jamoa azolari uchun seminar o'tkazildi
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik seminarda qoidalarga kiritilgan o'zgarishlar referilarga etkazilgan edi. Unda Olimpiya toifasidagi referilarimiz Ramziddin Saidov, Vyacheslav Pereteyko, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar hayati raisi Bahodir Uzakberganov, murabbiylar Tohir Fayziev, Iskandar Rasulov, Aziz Toshmatov va Rahim Subhonov ham ishtirok etgandi.
Ostonada turgan 2025 yilgi mavsumdan etiboran o'tkaziladigan kattalar va yoshlar o'rtasidagi musobaqalarda ushbu yangi qoidalar kuchga kiradi. SHu maqsadda Istanbuldagi xalqaro seminarda qatnashib qaytgan referi hamda murabbiylarimiz terma jamoamiz dzyudochilari uchun nazariy va amaliy mashg'ulot tashkil etishdi. Seminarda yangi qoidalar bo'yicha batafsil malumot berildi.
Fikrlar