So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

22 noy 22:44
Yangiliklar

Karate

Yapon sport haftaligiga atab matbuot-anjumani o'tkazildi

Teglar :  Karate
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda yurtimizda yapon sport haftiligi o'tkazilmoqda.

Ushbu haftalik doirasida sportning tennis, stol tennisi, karate turlari bo'yicha yaponiyalik tajribali mutaxassislar o'z bilimlari bilan o'roqlashadi. Bugun poytaxtimizdagi “Tashkent City Palace” mehmonxonasida OAV vakillari uchun mazkur tadbirlarga bag'ishlangan matbuot-anjumani tashkil qilindi. Unda Osiyo karate federaciyasi birinchi vice-prezidenti, O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbari Alam Mullaev, Yaponiyadan tashrif buyurgan karate mutaxassislari Makoto Xosaya, Ryosuke SHimizu va SHinji Nagaki, mahalliy murabbiylar va jurnalistlar ishtirok etishdi. 

“Yapon sport haftaligi terma jamoamiz sportchi va murabbiylarining mahoratlari yanada oshishida xizmat qiladi. Mutaxassislar bilan belgilangan reja asosida seminar va mashg'ulotlar olib borilmoqda. Bunday tadbirlarning tashkil qilinishi Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik yo'lida juda katta foyda berishi, shubhasiz”, – dedi Alam Mullaev.

Anjuman davomida jurnalistlar ham o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, haftalik doirasida olib borilayotgan ishlar borasida atroflicha malumotga ega bo'lishdi. “Tokio sari yo'l” shiori ostida o'tayotgan mazkur haftalik 27 noyabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing