09 may 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaponiyalik bokschi Golovkinni jangga chorladi
Gennadiy Golovkinga Yaponiyada jang o'tkazish taklifi bilan chiqishdi.
O'rta vazn toifasida WBC, WBA Super, IBF yo'nalishlari chempioni Gennadiy Golovkin kuz oylarida yaponiyalik bokschi Riota Murataga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin. Bu jang qozog'istonlik chempionning meksikalik Saul Alvares bilan kelisha olmagan holati o'tkaziladi.
“Gennadiy jang o'tkazishi mumkin bo'lgan raqiblar bisyor. Ulardan biri aynan Muratadir. Riota o'z vatanida katta auditoriya to'playdi. U buni bir necha bor isbotladi. Murata Golovkinning WBA chempionlik kamariga rasmiy davogar ham hisoblanadi”, - dedi Golovkinning promouteri Tom Leffler.
Havola :
Fikrlar