08 mar 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA
"Yaqin ham emas": Dana Uayt - Makgregorning qaytishi haqida
Konor Makgregor Oq uy turniri ishtirokchilari qatoriga kiritilmadi, tashkilot rahbari Dana Uayt irlandiyalikning qachon oktagonga qaytishini hali ham bilmaydi.
"Yo'q, Konor qachon va qaerda jang qilishi haqida menda hech qanday yangilik yo'q. Biz, albatta, Konor bilan muloqot qilyapmiz, ammo hali bu savolga javob berishga yaqin ham emasmiz", - dedi Uayt Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Avvalroq Konor Makgregor 14 iyunga belgilangan bayram tadbirida ishtirok etmasligi haqida xabar berilgandi. CHunki shou zarar keltirishi aniq, irlandiyalikning katta gonorari esa vaziyatni yanada og'irlashtiradi. Sport sharhlovchisi Ariel Xelvani so'zlariga ko'ra, Makgregorning 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan va ananaviy Xalqaro janglar haftaligini yakunlaydigan raqamli turnirda qatnashish ehtimoli yuqori.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar