08 iyu 07:39
Yangiliklar
Yaxshi xabar: Doston Bozorov UFC'ga yo'llanma beruvchi Dana Uaytning Davogarlar seriyasida qatnashishi kutilmoqda
Mazkur turnirlar davomida g'alaba qozonib, o'zini ko'rsatgan jangchilarga UFC eshiklari ochiladi. Ahamiyatlisi, Seriyaning bu yilgi musobaqalarida ham yurtdoshimiz oktagonga ko'tariladigan bo'ldi.
Malum qilinishicha, engil vazn toifasida Octagon League sobiq chempioni Doston Bozorov Dana Uayt Davogarlar seriyasining 2026 yilgi musobaqalarida ishtirok etadi. U hozircha dastlabki ro'yxatlarda qayd etilmadi.
Biroq Bozorov yaqindagina AQSHdagi menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolab, tez orada muxlislariga katta yangilikni elon qilishini aytgandi. Seriyaning bu yilgi turnirlari 11 avgust kuni boshlanadi va 13 oktyabr kuni nihoyasiga etadi.
Malumot uchun, Dana Uayt davogarlar seriyasida turli yillarda Anvar Boynazarov, Azamat Nuftillaev kabi hamyurtlarimiz ishtirok etib, mag'lub bo'lishgan.
Fikrlar