28 iyu 21:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Yaxshi xabar! Ramazon Temirov reytingga qaytarildi
Eng engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustamiz biroz avval elon qilingan yangilangan UFC reytingida kutilganidan ham yuqoriroq o'ringa joylashdi.
Temirov Yangi Zelandiya vakili Stiv Ercegni birinchi raunddayoq nokautga uchratgani ortidan yana Top-15ga qaytdi va reytingda 7-o'ringa joylashdi. Vazn chempioni myanmanlik Joshua Van bo'lib turibdi. Alessandro Kosta bir pog'onaga yuqorilagan. Top-6`talikdagi jangchilar avvalgi o'rinlarini saqlab qolishdi. Qolganlar esa bir pog'onaga pastlashgan.
Ramazon Temirov jang qilishni istayotgan Lone Kavana oltinchi o'rinda qoldi. Qozog'istonlik Asu Almabaev ham 5-pog'onada o'zgarishsiz qolmoqda.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar