20 sen 10:54
Yangiliklar
Yaxshi xabar! SHahram G'iyosov chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi
Ayni paytda litvalik Eymantas Stanionis yarimo'rta vazn toifasida WBA chempioni bo'lib turibdi. Tashkilot Eymantasning ushbu kamarga majburiy davogar SHahram G'iyasovga qarshi jang o'tkazishini malum qildi. Bokschilarning jamoasi o'zaro jang sanasi, manzili va shartlari bo'yicha kelishib olishlari lozim. Agar ular bir to'xtamga kela olmasa, promouterlar o'rtasida ochiq savdo o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, G'iyosov so'nggi jangida meksikalik Migel Parra (22-4-1)ni mag'lubiyatga uchratgan edi. To'liq 10 raund davom etgan jangda hakamlarning ikki nafari SHahram, yana biri Parraning g'alaba qozonganini qayd etgandi. Bu bilan prof bokschimiz 16-jangida ham g'alaba qozongandi.
Malumot uchun, litvalik 30 yoshli bokschi prof boksda 15 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Janglarining 9 tasini muddatidan avval yakunlagan. Stanionis shu yilning may oyida ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytib, reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan venesuelalik 37 yoshli Gabriel Maestreni ochkolar (117-111, 118-110, 119-109) hisobida taslim etgan edi. Bu Gabriel uchun faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'lgandi.
Fikrlar