14 iyu 19:52
Yangiliklar
Qiziqarli!
Yil boshidan beri 5 nafar sportchimizdan doping aniqlangan
Taqiqlangan moddalarni qabul qilishda yakkakurash sport turlari "etakchi"lik qilmoqda.
2023 yilning 6 oyida sportchilardan jami 244 ta doping sinama olingan. Yil boshidan shu vaqtga qadar 5 nafar sportchida taqiqlangan modda borligi aniqlangan. Ularning 2 nafari borasida tekshiruv ishlari davom etmoqda.
2022 yilda esa 7 nafar sportchida taqiqlangan moddalar aniqlangan. Ularning 2 nafari borasida tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Bu haqida bugun AOKAda O'zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan 2023 yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanida aytib o'tildi.
To'liq videoni tomosha qiling:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar