So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

30 okt 08:46
Yangiliklar

Velosport

Yil davomida yuqori natija qayd etgan velosportchilarimiz taqdirlandi

Ortda qolgan 10 oy O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi uchun ham bir qator tarixiy voqeliklarga boy bo'ldi.

Jumladan, Toshkent ilk bor veloshosse bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi va unda hamyurtimiz Olga Zabelinskaya Tokio Olimpiadasiga yo'llanma oldi. Qolaversa, sportchilarimiz yil davomida o'tkazilgan Osiyo chempionati va kubogi hamda boshqa xalqaro musobaqalarda sovrinli o'rinlarni egallab keldilar. 

Kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida sportning ushbu turida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan atletlarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining raisi va velosiped sporti federaciyasi rahbari Tanzila Narbaeva, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev hamda qator OAV ishtirok etdi. 

Tadbir davomida so'zga chiqqan Tanzila Narbaeva velosiped sportida erishib kelayotgan yutuqlarimiz haqida takidlab o'tdi. 

“Yil davomida xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etgan sportchilarimizni taqdirlashdan mamnunman. 2011 yil federaciyada faoliyat boshlaganimda kuchli zaxira sportchilarini tayyorlash maqsadida yoshlar sportiga katta ahamiyat qaratdik. Mana bugun ushbu etibor o'z mevasini berib kelmoqda. Bularning barchasi muhtaram yurtboshimiz SHavkat Mirziyoevning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan siyosatlarining samarasidir. Biz sportchilarimizning qulay sharoitlarda shug'ullanishlari uchun ularga kerakli sharoitlar yaratib beramiz”, – dedi Tanzila Narbaeva.

SHuningdek, Rustam SHoabdurahmonov va Dilmurod Nabiev ham o'z nutqlarida velosiped sportining salomatlik uchun naqadar foydali ekani va uning yurtimizda ommalashib borayotgan haqida takidlab o'tishdi.

Tadbirda yil davomida o'tkazilgan turli musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan Murodjon Xolmuratov, Behzodbek Rahimboev, Dilmurod Siddiqov, Diana Adelshinova, Yanina Kuskova, Rinata Baymetova kabi sportchilarimiz va ularning murabbiylari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing