17 jan 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Yilning ilk UFC turniri bonuslari kimga nasib etdi?
BAA poytaxti Abu-Dabidagi "Etixad-Arena"da 2021 yil hisobidan o'rin olgan ilk UFC turniri bo'lib o'tdi.
Oqshom tashkilotchilari o'tkazilgan janglar yakuni bo'yicha eng yaxshi to'rt nafar jangchini aniqlashdi va ularning har biriga kafolatlangan gonorarga qo'shimcha ravishda bonus sifatida 50 ming AQSH dollaridan taqdim etadigan bo'lishdi.
Ushbu bonusga markaziy jang ishtirokchilari - Maks Xollouey va Kelvin Kattar, shuningdek, Alessio Di CHiriko hamda Li Jing Liang loyiq ko'rildi. Kattarni mag'lubiyatga uchratgan Maks chempionlik kamariga rasmiy davogarga aylandi.
Havola :
Manba : usatoday.com
Fikrlar