07 jan 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoanna Edjeychik oktagonga qaytib, chempionlik uchun kurashishini malum qildi
Eng engil vaznda sobiq UFC chempioni Yoanna Edjeychik o'zining UFC reytingidan olib tashlanganiga munosabat bildirdi va keyingi rejalari bilan o'troqlashdi.
"Hamma meni allaqachon UFC'ni tark etgan deb o'ylamoqda. Ha, meni reytingdan chiqarib tashlashdi. Sababi, men uzoq vaqt jang qilmadim. Ammo, men tez orada qaytaman va davogarlik jangida qatnashib, chempionlik uchun kurashishni boshlayman. Katta ehtimol bilan, birinchi raqibim Veyli CHjan bo'ladi.
Ehtimoliy raqiblarimga qaraydigan bo'lsam, faqatgina Veyli bo'sh. Qolganlarning o'z janglari bor. Ushbu jangdan so'ng, chempionlik uchun oktagonga chiqaman.
Aslida, Dana Uayt menga to'g'ridan-to'g'ri chempionlik jangini bermoqchi edi. Ammo, buning uchun men yana bir yil kutishim kerak edi. Men esa jang qilishni istayman", -deydi Yoanna Edjeychik.
Havola :
Manba : Fighttime.ru
Fikrlar