09 fev 12:44
Yangiliklar
Engil atletika
Yopiq inshootdagi Osiyo chempionatida 4 ta medal qo'lga kiritildi
Xitoyning Tyancin shahrida engil atletika bo'yicha yopiq inshootdagi Osiyo chempionati nihoyasiga etdi.
So'nggi kun bahslarida Valeriya Gorbatova balandlikka sakrashda oltin, Saboxat Samijonova 800 metr masofaga yugurish dasturida kumush medalni qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi musobaqani 3 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan yakunladi. Avvalroq, SHarifa Davronova uch hatlab sakrash, Jonbibi Hukmova esa 400 metr masofaga yugurish dasturida birinchi bo'lishgandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar