13 okt 11:52
Yangiliklar
Boks/MMA

"Yo'q, $ 5 mlrd.ga ham rozi bo'lmayman": Xabib Konorga javob berdi
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sobiq ikki vazn kamari sohibi Konor Makgregorga chiroyli tarzda javob qaytardi.
Dog'istonlik chempion irlandiyalikning Ultimate Fighter loyihasida hamkorlik qilish bo'yicha taklifiga keskin rad javobini bergan.
"Bu Konor uchun yaxshigina reklama bo'ladi va tabiiyki unga katta mablag' hamda obro' olib keladi. U men orqali pul ishlab olmoqchi. Men unga bu imkoniyatni umuman taqdim etmayman. Hatto 5 milliard dollar taklif qilsa ham, UFC menga bermoqchi bo'lsa ham, bunga rad javobini beraman. Men Makgregorni 2018 yilning 6 oktyabr kuni "tugatganman". Menda yangi vazifalar bor edi — Dastin Pore, endi esa Jastin Getji. Ko'ramiz, keyingisi kim bo'ladi, lekin aniq Konor Makgregor emas", — deya Xabibning so'zlarini keltirmoqda MMAjunkie.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar