20 mar 16:50
Yangiliklar
Yosh dzyudochilarimiz Bremendagi Masters turniriga yo'l olyapti
Ayni paytda dzyudochilarimiz Gamburg shahrida bo'lib turibdi. Deyarli 40 yildan beri ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqada Yaponiya, Braziliya, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston, O'zbekiston kabi jami 25 davlatdan 600 nafardan ziyod yosh dzyudochilar tatamiga chiqadi.
O'z vaqtida Bremen "Masters" turnirida Xifume Abe, Naoxisa Takato, Takanori Nagase, Aaron Volf, Lukash Krpalek, Diyorbek O'razboev singari Olimpiada chempioni va sovrindorlari g'olib bo'lgan.
Iskandar Rasulov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasining 8 nafar dzyudochisi Bremen "Masters" turnirida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Darvoqe, Rio-2016 Olimpiya o'yinlari sovrindori Diyorbek O'razboev murabbiy sifatida o'zini ilk bor sinab ko'radi.
Germaniyaga yo'l olgan dzyudochilarimiz:
-60 kg: Jamol Qo'ziboev
-66 kg: Nizomiddinxo'ja Toshpo'latov
-66 kg: Zamahshariy Bekmurodov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Mardon Ravshanov
-90 kg: SHahzod SHaripov
-90 kg: Alisher Samanov
+100 kg: Fazliddin Rafiqov
Murabbiylar: Iskandar Rasulov, Kamol Murodov, Diyorbek O'razboev.
Ushbu musobaqa yakuniga etgach, Bremen turniri qatnashchilari uch kun davomida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etadi. 28-30 mart kunlari esa xalqaro yig'in Germaniyaning boshqa bir shahri Gannoverga ko'chadi.
Fikrlar