So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

26 okt 13:20
Yangiliklar

Gimnastika

Yosh gimnastikachilarimiz xalqaro turnirlarda munosib ishtirok etishdi

Teglar :  Gimnastika
Joriy yilning 19-21 oktyabr kunlari Moskva shahrida badiiy gimnastika bo'yicha “Moskow Star Gym” xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari bo'lgan 11 nafar yoshlarimiz ishtirok etib, ularning barchasi g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Sportchi qizlarimizdan Ro'zimurodova Muqaddas, Muhiddinova Dilnura, Saibova Amira birinchi o'ringa, Abduxalilova SHaxlo, Djumaniyozova Zarnigor, Abdunosirova SHaxina, Isakova Marjona ikkinchi o'ringa loyiq deb topilgan bo'lsa, Xikmatullaeva Malika, Namozova Madina, Razokova SHaxrizoda, To'xtaeva SHaxrina uchinchi o'rinni egallashdi.



Gimnastikachilarimizdan yana bir quvonchli xabar, 20-21 oktyabr kunlari Moskva shahrida badiiy gimnastika bo'yicha “Xrustalnaya statuetka” ochiq turniri o'tkazildi.

Ushbu turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 200 dan ortiq yosh sportchi qizlar ishtirok etgan turnirda Samarqand viloyati sportning gimnastika turlariga ixtisoslashgan bolalar o'smirlar sport maktabi shug'ullanuvchilari ham munosib ishtirok etib, 6 ta oltin, 1 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi.

Hamyurtlarimizdan Regina O'zbekova, Vilana Savadyan, Amina G'anieva, Amaliya Mamedova, Yulduz Abdug'anieva va Musina Mahmudjonovalar eng yuqori natijani qayd etib oltin medalni qo'lga kiritishgan bo'lsa, Sofiya Osmanova kumush medal bilan taqdirlandi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing