09 iyu 07:22
Yangiliklar
Sambo
Yosh jangovar sambochilarimiz ham Osiyo va Okeaniya chempionatida muvaffaqiyat qozonishdi
Kecha Astana shahrida sambo bo'yicha Osiyo va Okeaniya chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari o'tkazildi.
Avvalroq, kecha musobaqada qatnashgan faxriylarimiz 6 ta medal qo'lga kiritganliklari haqida xabar bergandik. Kun davomida ilk bor yoshlar o'rtasida jangovar sambo bellashuvlari tashkil etildi.
Unga ko'ra, vakillarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindor sambochilarimiz:
Oltin
-58 kg: Daler Murtazoev
-88 kg: Abduraxim Sadullaev
-98 kg: Amirxon Qudratillaev
Kumush
-71 kg: Abdullo Sadullaev
-79 kg: Diyorbek Madirahimov
Bronza
+98 kg: Nematjon SHodiev
Bugun musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasida bahslar, shuningdek ayollar o'rtasida jangovar sambo bellashuvlari tashkil etiladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar