28 apr 10:14
Yangiliklar
Yosh karatechi qizimiz Osiyo chempioni bo'ldi
Quvonarlisi, mazkur chempionatda terma jamoamiz vakili Bonu Egamberdieva kumite bahslarida oltin medalga ega bo'ldi. -53 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilamiz final yo'lida SHri-Lanka, Hindiston, Qozog'iston, oltin medal uchun kechgan bahsda esa Xitoy terma jamoasi vakilini mag'lub etdi.
Takidlash joiz, mazkur musobaqa doirasida Osiyo karate federaciyasining navbatdan tashqari Kongressi ham o'tkazilib, unda qator masalalar ko'rib chiqildi. Unda kun tartibiga qo'yilgan asosiy masala poytaxtimiz joriy yil mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati sanasining tasdiqlanishi bo'ldi.
Ishtirokchi delegatlarning barchasi o'tkaziladigan sana va nomzod shaharni tasdiqlab, uni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi. SHu tariqa Toshkentda o'tadigan Osiyo chempionati 15-21 iyul kunlari o'tkazilishi rasman tasdiqlandi.
Fikrlar