29 apr 09:48
Yangiliklar
Karate
Yosh karatechilarimiz Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
26-28 aprel kunlari Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan etgan terma jamoamiz vakillari ham muvaffaqiyatli qatnashdilar. Jamoamizning dastlabki medalini kumite yo'nalishida Bonu Egamberdieva qo'lga kiritgandi. SHundan so'ng yana 3 nafar karatechimiz shohsupaga ko'tarildi.
-60 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Bekzod Tuyg'unov hal qiluvchi bellashuvda Qozog'iston terma jamoasi vakiliga imkoniyatni boy berdi. Asilbek Madaminov hamda Firdavs Ahmadjonov musobaqaning bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar