02 iyu 12:24
Yangiliklar
Yosh merganlarimiz Toshkentda saralandi
Yoshlar o'rtasida tashkil etilgan mamlakat chempionatida yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh merganlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 70 metr masofadan nishonni poylash bo'yicha baxslashdilar.
Natijalarga ko'ra, yigitlar o'rtasida SHohjahon Abdulhamidov, qizlar o'rtasida esa Ziyodaxon Abdusattorova eng yaxshi natijani qayd etishdi. Jamoaviy yo'nalishda farg'onalik merganlar mikst yo'nalishida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsalar, yigitlar va qizlar bahsida poytaxt vakillariga teng keladigani topilmadi.
Eslatib o'tamiz, kamondan otish bo'yicha kattalar terma jamoasi 3-14 iyul kunlari Neapol shahrida bo'lib o'tadigan Butunjaxon talabalar universiada musobaqasida ishtirok etadi. SHuningdek, mazkur Respublika musobaqasi joriy oy Madrid mezbonlik qiladigan o'smirlar o'rtasidagi dunyo birinchiligi oldidan sportchilarimizning holatini yana bir bor sinovdan o'tkazib olish imkoniyatini berdi.
Fikrlar