So’nggi yangiliklar

15:02Шилдс рекорд даражадаги шартнома имзолади, у 2026 йилда рингга қайтади 0 14:41Майами мэри Мессига шаҳар калитини топширди 0 14:20Новак Жокович Афина турнири бош совринини кўзламоқда 0 13:59Баҳодир Жалолов IBF'нинг янгиланган рейтингида кўтарилди 0 13:38Артур Бетербиевнинг Top Rank промоутерлик компанияси билан ҳамкорлиги якунланди 0 13:17EЧЛ. 4-турдан сўнг чемпионлик учун даъвогарлар рейтинги янгиланди 0 12:56WTA Finals. Жессика Пегула 1/2 финалга йўл олди 0 12:35Янгиланган "Ҳумо" Ўзбекистон Очиқ чемпионатидаги илк учрашувини ўтказди 0 12:14Ислом Бирдамлик ўйинлари. Уч боксчимизнинг икки нафарида ғалаба 0 11:53"Реал"нинг асосий футболчиси жароҳат олди 0 11:32Сергей Фомин Баҳрайн турнирида 1/4 финал иштирокчисига айланди 0 11:11Хабиб Доғистонда Ислам Махачев номидаги кўча пайдо бўлганига муносабат билдирди 0 10:50Тўрт шахматчимизнинг бари Жаҳон кубогининг учинчи босқичига чиқди 0 10:29Роналду Рунининг Мессини ундан яхшироқ деган гапига жавоб қайтарди 0 10:08Muradov Legion Team жамоаси аъзоси Octagon 81 турнирида жанг қилади 0

18 okt 11:02
Yangiliklar

Yosh qilichbozlarimiz xalqaro turnirdan medallar shodasi bilan qaytishdi

Qozog'istonda 2008-2011 yillarda tug'ilgan hamda undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida qilichbozlik bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada mezbonlardan tashqari qo'shni O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iz Respublikasidan kelgan yosh qilichbozlar o'zaro raqobatlashdi.

Xalqaro turnirning shpaga yo'nalishi bo'yicha kechgan yakkalik bahslarida Vadim Bagautdinov va Durdona Dauletboeva, 2011 yildagi qilichbozlar orasida Aziz Eshonqulov birinchi, Xurshid Ro'ziboev, Islom G'ofurjonov, SHabnam Alisherova uchinchi pog'onadan joy oldi.  

SHuningdek, kadetlar o'rtasidagi jamoaviy bahslarda terma jamoamiz o'g'il bolalar toifasida birinchi bo'lgan bo'lsa, qizlar terma jamoamiz uchinchi o'rinni egalladi.  

SHuni takidlab o'tish lozimki, 2011 yilda tug'ilgan sportchilar o'rtasidagi jamoaviy bahslarda o'g'il bolalar jamoamiz oltin medalga sazovor bo'ldi. Nufuzli turnirning rapira yo'nalishida O'zbekiston qizlar terma jamoasi ikkinchi, qoraqalpog'istonlik qilichbozlardan iborat termamiz esa ikkinchi pog'onaga ko'tarildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing