So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

27 jan 14:14
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Yosh snoubordchilar kuchlilarni aniqlashdi

Teglar :  Snoubord
24-25 yanvar kunlari CHimyon sport-sog'lomlashtirish maskanida snoubord bo'yicha Respublika turniri o'tkazildi.

Dasturga ko'ra, musobaqa qaydnomasiga kiritilgan 25 nafar sportchi ikki xil, slalom va gigant-slalom yo'nalishlarida kuch sinashishdi. Slalomda 2003 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi qizlar o'rtasida bosh sovrin Valeriya Mayorovaga topshirildi. Uning asosiy raqibi Elizaveta Zibicker 2-bo'ldi. 1998-2002 yillarda tug'ilgan qizlar bahsida Dinara Jubaeva g'olib chiqdi. U Ekaterina Lyabinani ortda qoldirdi. 16 yoshgacha bo'lgan yigitlar o'rtasida Elnur Mirzaliev g'olib chiqdi. SHaxzod va Azamat Isroilovlar shu tartibda keyingi o'rinlarni egallashdi. 

1998-2002 yillarda tug'ilgan sportchilardan iborat guruhda shohsupaning yuqori pog'onasiga Bekzodbek Isroilov ko'tarildi. Kumush medal Ruslan Mirzalievga, bronza esa Qayrat Mirzaxmetovga nasib etdi. Gigant-slalom bahslarida Elizaveta Zibicker va Valeriya Mayorova shohsupadagi o'rinlarini almashishdi. Dinara Jubaeva va Ekaterina Lyabina esa shohsupada xuddi slalomdagidek joylashishdi. 16 yoshgacha bo'lgan yigitlar o'rtasida Elnur Mirzalievga teng keladigan topilmadi. 2-o'rinni SHahzod Isroilov, 3-o'rinni Elbek Patullaev band etdi. 1998-2002 yillarda tug'ilgan sportchilar guruhida eng yaxshi natijani Bekzodbek Isroilov ko'rsatdi. Keyingi sovrinli o'rinlarga Ruslan Mirzaliev va Qayrat Mirzahmetov sazovor bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing