18 may 11:34
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Yosh stol tennischimiz Evropada yana bir g'alabaga erishdi
Polshada stol tennisi bo'yicha o'smirlar o'rtasida "WTT Youth Series" musobaqasining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tmoqda.
			Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari oltin va bronza medallariga sazovor bo'lishdi. Bu yilgi turnirlarda chinakam kashfiyotga aylanib ulgurgan Asel Erkebaeva yana bir bor o'z tengqurlari orasida ayni paytda eng kuchli sportchi ekanini isbotladi.
U-13 toifasida qatnashgan Erkebaeva hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakilasi Katarina Rajkovskani 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. SHuningdek, yarim finalda Aselga imkoniyatni boy bergan boshqa bir hamyurtimiz Arujan Kamalova bronza medali bilan taqdirlandi.
WTT Youth Series, Polsha. U-13, qizlar:
1. Asel Erkebaeva (O'zbekiston)
2. Katarina Rajkovska (Polsha)
3. Arujan Kamalova (O'zbekiston)
3. Yarina Prekup (Ruminiya)

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar