23 iyu 14:10
Yangiliklar
Yosh taekvondochilarimiz Osiyo chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini ko'rsatishdi, eng yaxshi sportchi ham O'zbekistondan
Bahslarda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Bu terma jamoamining Osiyo chempionatidagi eng yaxshi natijasidir.
O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining xabar berishicha, musobaqa davomida quyidagi sportchilarimiz sovridorlar qatoridan o'rin olishdi:
-55 kg: Ulug'bek Rashitov (OLTIN)
-68 kg: Jasur Jaysunov (OLTIN)
-48 kg: Azizjon O'ktamov (KUMUSH)
-63 kg: Abdulaziz Hamidullaev (BRONZA)
-78 kg: Marat Mavlonov (BRONZA)
-63 kg: Feruza Sadikova (BRONZA)
-55 kg: Ozoda Sobirjonova (BRONZA).
Terma jamoamiz azosi Ulug'bek Rashitov esa Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, shu yilning 17 iyun kuni O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasining navbatdan tashqari yig'ilishida SHerzod Toshmatov rahbar sifatida saylangandi. Bu yangi rahbariyat qo'l ostidagi dastlabki yutuq hisoblanadi.
Fikrlar