03 dek 14:44
Yangiliklar
Tennis
Yoshlar o'rtasidagi Yakuniy ATP turniri g'olibi malum
Yoshlar o'rtasida o'tkazilgan ATP Yakuniy turniri yakunlandi.
Ushbu turnir g'olibligini dunyoning 110-raketkasi, serbiyalik Xamad Mejedovich qo'lga kiritdi. U finalda Franciya vakili, reytingda 36-o'rinni egallab turgan Artyur Fisdan ustun keldi - 3:4 (6:8), 4:1, 4:2, 3:4 (9:11), 4:1.
Bahs 2 soatu 11 daqiqa davom etgan. Xamad uchrashuv davomida 19 ta eys qayd etgan bo'lsa, 3 marta breyk-poyntdan unumli foydalangan va to'rt marta raqibining geymlarini yutib olgan. Artyurning esa 11 ta dastlabki uzatmasi javobsiz qoldi. Uchrashuv davomida tomonlar bittadan qo'shxatoga yo'l qo'yishdi.
2021 yili ATP'da debyut qilgan 20 yoshli Xamad uchun bu ilk titul hisoblanadi.
Havola :
Fikrlar