01 sen 19:28
Yangiliklar
Yoshlarimiz Osiyo chempionatini 13 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinda yakunlashdi
Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza, jami 13 ta medal bilan 17 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Ikki kun davomida Koreya zaminida 7 bor davlatimiz madhiyasi yangrab, milliy g'ururimiz hisoblangan bayrog'imiz baland ko'tarildi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal sohiblari
-48 kg: Laziza Haydarova
-60 kg: Murodil Murodillaev
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-70 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: SHirinjon Yo'ldosheva
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov
Kumush medal sovrindorlari
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
+100 kg: Fazliddin Rafikov
Bronza medal sovrindorlari
-52 kg: Muhayyo Ahmatova
-57 kg: Despina Bochkova
-81 kg: Mardon Ravshanov
Fikrlar