16 iyu 16:16
Yangiliklar
Tokio-2020
Yozgi olimpiya o'yinlarining ochilish marosimiga 20 kun qoldi
Roppa-rosa 20 kundan so'ng, aniqrog'i 5 avgust kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasining ochilish marosimi afsonaviy “Marakana” stadionida o'tkaziladi. Rio-2016 Olimpiadasida dunyoning 206 davlatidan 10500 nafar atlet sportning 28ta turi bo'yicha 306ta medallar jamlanmasi uchun bahslarga kirishadi.
Xususan, O'zbekiston terma jamoasi ham mustaqil jamoa sifatida oltinchi marotaba Olimpiadada ishtirok etadi. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida +91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov bayroqdor vazifasini bajaradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar