21 iyu 22:40
Yangiliklar

Yozgi Universiada: Taekvondo terma jamoamiz azosi Marat Mavlonov kumush medalga ega chiqdi
Taekvondo bo'yicha milliy terma jamoamizning +87 kg vazn toifasidagi vakili Marat Mavlonov sovindorlar qatoridan joy oldi. U dastlabki bosqichda malayziyalik Muhammad Luqman Hakimni 2:0, chorak finalda Ozarbayjon vakili Hamidreza Badrialiabadini 2:1, yarim final bosqichida esa ukrain sportchisi Andrey Xarbarni 2:0 hisobida taslim etganini malum qilgandik. Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvida Marat Koreya Respublikasi termasi azosi Kang Sanghyun bilan bahs olib bordi. SHiddatli ruhda kechgan bellashuvning ilk raundi Maratning foydasiga yakunlandi, biroq keyingi ikki raund biz uchun omadsiz kechdi.
SHunga qaramay, Mavlonov taekvondo terma jamoamiz uchun ilk kumush medalini taqdim etdi. Endi taekvondochilar hisobida 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bor.
O'zbekiston delegaciyasining medallari soni esa 9 taga etdi: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza.
Fikrlar