So’nggi yangiliklar

14:10"Атлетико" Альваресни бир шарт билан сотишга тайёр 0 13:35Перейра — Хокит жанги жараёнда — инсайдер 0 12:58Муҳайё Нарзиллоева жаҳон чемпионатининг кумуш медалини қўлга киритди 0 12:06Octagon 91: Суҳроббек Атажанов титул жангида қатнашмайди 0 11:32Жасур Яхшибоев салкам 3 йил деганда Суперлигада гол урди 0 10:50Махачев Гэррига қарши жангдан сўнг дисквалификация олди 0 10:09Таэквондочиларимиз "World Taekwondo Presidentʼs Cup" турнирини 9 та медал билан якунлашди 0 09:43UFC Noche турнирининг асосий жангида ўзгариш бўлди 0 09:16“Икки марта ўлимдан қолганман”. Германия терма жамоаси ҳужумчиси соғлиғидаги муаммолар ҳақида гапирди 0 08:44Валентина Шевченконинг қачон октагонга қайтиши маълум! 0 08:13Тошкент cузиш бўйича Жаҳон кубогини қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда 0 07:38Рамазон Темиров UFC'даги энг яхшиларни санади (ВИДЕО) 0 07:12"Галатасарой" Россия термаси футболчисини 25 миллион еврога сотиб олди 0 06:44Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан кейин фаолиятини якунлаши мумкин 0 06:16Жаҳон чемпионатининг илк куниёқ 4 та медаль қўлга киритдик. Сирожиддинова - Жаҳон чемпиони! 0

20 iyu 11:52
Yangiliklar

Gimnastika, Taekvondo

Yozgi Universiadadagi medallarimiz 6 taga etdi, 4 tasi Taxminaga tegishli. O'zbekiston medallar jamg'arish bo'yicha nechanchi o'rinda?

Germaniyada talaba-sportchilar o'rtasidagi Yozgi Butunjahon Universiada o'yinlari qizg'in kurashlar ostida davom etmoqda.

Musobaqaning kechagi kungi bahslari O'zbekiston sport delegaciyasi uchun omadli keldi. Badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromovaning bir o'zi 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritdi. Bir kun avval u yana bir kumush medalga sazovor bo'lgan edi. Taxmina ikkinchi oltin medaliga 28.700 ball evaziga tasma bilan bajarilgan mashqlarda ega chiqdi.     

Taekvondo WT bo'yicha terma jamoamiz vakilasi Madina Mirabzalova o'z vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi. Bu bilan O'zbekiston sport delegaciyasining medallari 6 taga etdi - 2 ta oltin, 3 ta kumush, 1 ta bronza. Medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 6-o'ringa ko'tarilib oldik. 

Bizdan avvalgi o'rinlardan Italiya, Germaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi va AQSH davlatlari joy olgan. Amerikalik talaba-sportchilar 9 ta oltin, 6 ta kumush, 11 ta bronza, jami 26 ta medalni qo'lga kiritib ulgurishdi. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari orasida birinchi o'rinni egallab turibmiz. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg'iz Respublikasi 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan 14, 2 ta bronza medaliga ega Qozog'iston esa 27-pog'onani band etgan. Hozirgacha 31 davlat terma jamoalari kamida 1 ta medalga ega bo'lishgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing