So’nggi yangiliklar

12:58Расман: Чимаев Диллон Дэнис билан жанг қилади 0 12:34Мессининг "Интер Майами" билан янги шартномаси бўйича маоши маълум бўлди 0 12:09Санжар Зокиров: "ONE FC менга уч марта чемпионлик жангини таклиф қилди, лекин..." 0 11:43Царукян Чимаевга мурожаат қилди 0 11:18"АҚШни намоён қилишни истайман". Стрикленд Оқ уйдаги турнирида қатнашмоқчи 0 10:50U-17 Осиё кубоги. Бугун Австралияга қарши баҳс олиб борамиз 0 10:42Ёш каратэчиларимиз Филиппинга жўнаб кетишди 0 10:24Осиё чемпионатига энг кўп йўлланма қайси терма жамоа боксчиларига насиб этди? 0 09:57Шоҳрух Мамедов Астана Гран-приси ғолиби! Шерзод Намозов ҳисобида кумуш медаль 0 09:32Забит Магомедшарипов: "UFC менинг чемпион бўлишимни хоҳламади" 0 09:06"Ал Насср" "Ал Ҳилол" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида гол ўтказиб юборди, лекин... 0 08:45Кутганмидингиз? Фазлиддин Ғоибназаров Элмурод Ҳақназаров билан жанг қилади 0 08:24Шон Стрикленд — Хамзат Чимаев ҳақида: "Ўртамиздаги нафрат ҳақиқий эди" 0 08:03Велотрек бўйича "Namangan Grand prix" мусобақаси бўлиб ўтди 0 19:44Ҳусанов "Манчестер Сити"да мавсум футболчиси бўлишга даъвогарлик қилмоқда 0

28 noy 07:49
Yangiliklar

Tadbirlar

Yurt bilan birga yugur

Teglar :  MarafonNavro'z
II Toshkent Xalqaro marafoni 6 dekabr kuni soat 11:00 da start oladi

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida II Toshkent Xalqaro marafoni tashkiliy qo'mitasining OAV uchun matbuot Anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, Turizimni rivojlantirish Davlat qo'mitasi Raisi, Marafon tashkiliy qo'mitasi rahbari Aziz Abduhakimov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov va tashkiliy qo'mita azolari yig'ilganlar va OAV xodimlariga II Toshkent Xalqaro marafoni o'tkazish borasida qilinayotgan ishlar to'g'risida malumot berdi.

Takidlash lozimki, 2020 yil 24 yanvardagi «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora¬¬-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident Farmonida 2020 yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, shuningdek avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o'tkazish orqali mamlakatimizda sport turizmini rivojlantirish vazifasi ham belgilab berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini taminlash, qolaversa mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini faol targ'ib qilish maqsadida shu yil 6 dekabr kuni II Toshkent Xalqaro marafoni o'tkaziladi.

Marafon ikkita masofada tashkil etiladi. Bular – uzunligi 42 km 195 m bo'lgan marafon hamda uzunligi 21 km 97,5 m bo'lgan yarim marafon yugurish musobaqalaridir. Marafon distanciyasi esa, World Athletics (Jahon engil atletikasi) ning jamoaviy azosi bo'lgan, AIMS (Xalqaro uzoq masofa va marafonlar associaciyasi) tomonidan sertifikaciyalangan.

Yugurishning start-finish chizig'i Afrosiyob va Beshyog'och ko'chalarining kesishuvida, «Humo Arena» muz saroyi oldida joylashgan. Sportchilarning natijalarini maksimal darajada aniq bilib olish uchun vaqt o'lchov chiplari hamda maxsus transponder tizimidan ham foydalaniladi. Marafon va yarim marafon masofalarida vaqt cheklovi belgilangan bo'lib, sportchilar ushbu vaqt davomida masofani yakunlashlari shart.

Marafon va yarim marafon bahslarida marraga etib kelgan har bir ishtirokchiga marra medali topshiriladi. SHuningdek, tadbir tashkilotchilari va xomiylar tarafidan musobaqa g'oliblari va ishtirokchilariga qo'shimcha sovg'alar ham ko'zda tutilgan. Marafon va yarim marafon ishtirokchilari 18 yoshdan kichik bo'lmasligi lozim.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad – shahrimiz aholisi va mehmonlari orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va yugurishni ommaviylashtirish, xalqlar o'rtasida do'stona aloqalar va sport turizmini rivojlantirish hamda O'zbekistonning eng kuchli marafonchilarini aniqlashdan iborat.

II Toshkent xalqaro marafonida 1-o'rin sohibi – 30 million so'm (2-3-o'rin egalari ham taqdirlanadi), yarim marafonda esa 1-o'rinni egallagan atlet 12 million so'm (bu erda ham 2-3-o'rin egalariga pul mukofotlari belgilangan) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Qo'shimcha malumotlar www.uzmarathon.uz saytida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing