So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

11 okt 12:05
Yangiliklar

Kikboksing

Yurt dovrug'ini dunyoga doston etgan sportchilar munosib kutib olindi + FOTOGALEREYA

Teglar :  Kikboksing
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Italiyaning Jesolo shahrida kikboksing bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida 26 ta medallar shodasiga ega chiqqan sportchilarimiz tantanali kutib olindi.

– Yosh sportchilarimiz kikboksing yo'nalishida ilk bor jahon chempionatida bunday yuksak natijani qayd etdi. Musobaqa davomida 4 ta oltin, 7 ta kumush va 15 ta bronza medalini qo'lga kiritganimiz kelgusida kattalar o'rtasida yuksak g'alabalarga erishishimizga munosib zamin hozirlamoqda. Malumki, kikboksing sport turi 2028 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmoqda. Aynan Italiyada zafar quchgan yoshlarimiz “Los-Andjeles-2028” o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar bo'lib kamolga etadi, – deydi delegaciya rahbari Oybek Narmetov. 

SHuningdek, poytaxt aeroportida Sloveniyada taekvondo (ITF) bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida  11 ta oltin, 14 ta kumush hamda 11 ta bronza medaliga musharraf bo'lgan yosh taekvondochilarimiz ham munosib qarshilandi. 

– Jahon kubogi musobaqalarida 60 ta davlatning 300 nafardan ziyod sportchilari qatnashdi. Umumjamoa natijalariga ko'ra, kubok bahslarida 5-o'rinni, klublar o'rtasidagi bahslarda esa 4-pog'onani egalladik, – deydi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Muhriddin Azamov. 

Yurt dovrug'ini dunyoga doston etgan istedodli sportchilarimizni kutib olish marosimlarida Axborot va ommaviy kommunikaciyalar agentligi direktori, O'zbekiston kikboksing federaciyasi prezidenti Asadjon Xodjaev, Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig'i Faxriddin Abdukarimov hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing