So’nggi yangiliklar

11:30Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга IBA Nomad 16 турнири бўлиб ўтади (Тўлиқ кард) 0 10:44Шоҳжаҳон Эргашев, Умар Кремлёв, "Сатурн" ва бошқалар. IBA Nomad турнири олдидан face-to-face ва вазн ўлчаш маросими ўтказилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:13Алишер Усмонов АПЛ жамоасини сотиб олмоқчи — talkSPORT 0 09:42Сузувчи Илья Сибирцев яна Ўзбекистон рекордини янгилади 0 09:18Жаҳон чемпионатининг илк кунида икки боксчимиз рингга чиқиб, ҳар иккиси ғалабага эришди 0 08:45Волкановски UFC ярим енгил вазн дивизионидаги энг хавфли жангчи кимлигини айтди 0 07:30СССР терма жамоасининг собиқ дарвозабони иттифоқ даврида келишилган ўйинлар қандай ташкил этилганини айтди 0 00:24Баҳодир Жалолов эртанги жанги олдидан англиялик рақиби билан биринчи марта юзма-юз келди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 21:06Диёра Келдиёрова иштирок этадиган Aktau Asian Open 2026 турнирига қуръа ташланди 0 20:25“Анжи” собиқ бош мураббийи “Ғазалкент”га таклиф этилди 0 19:54"Бу жангни беш мартача қайта кўрдим". Сауль Альварес Кроуфорддан учралган мағлубият ҳақида гапирди 0 19:23"Топурия энди аввалгидек бўла олмайди" - Пэдди Пимблетт 0 18:52Фьюри ва Жошуа WBA Super камари учун жанг қилади — Фрэнк Уоррен 0 18:21Бундеслигада сермаҳсуллик рекорди ўрнатилди 0 17:50Баҳодир Жалолов жанг қиладиган Лондондаги бокс оқшомининг тўлиқ карди билан танишинг 0

08 iyu 20:41
Yangiliklar

Taekvondo, Olimpiya o'yinlari

Yurtimizda ilk bor onlayn selekciya dasturi yo'lga qo'yildi

Teglar :  DakarMOQTokio
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda nafaqat oldinda turgan Tokio Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari, balki boshqa yirik kompleks musobaqalarga ham tayyorgarlikni olib bormoqda.

2022 yil Senegal poytaxti Dakar shahrida o'tkaziladigan to'rtinchi o'smirlar Olimpiadasi ana shunday musobaqalar jumlasidandir. Dakar-2022ga puxta tayyorgarlik ko'rish yo'lida, shubhasiz, selekciya ishlari katta rol o'ynaydi. Ayni shu maqsadda MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi chuqurlashtirilgan selekciya ishlarini olib bormoqda.

Jarayon shu paytgacha oddiy sharoitda olib borilgan bo'lsa, hozirda yuzaga kelgan karantin sabab onlayn yangi dastur yo'lga qo'yildi. Bu borada O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi tashabbus bilan chiqdi va birinchi bo'lib vebinar tarzda tashkil etilgan dastur aynan sportning ushbu turida o'tkazildi. Onlayn tadbirda MOQ prezidenti Rustam SHoadurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ hamda O'zbekiston taekvondo associaciyasining mutasaddilari, viloyatlardagi xodimlari, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Rejaga muvofiq, bugun Buxoro va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasidan 2004-2006 yillarda tug'ilgan 100 nafarga yaqin sara taekvondochilar ishtirok etishdi. Dastlavval, terma jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Kim va xorijlik trener Yung Jun Kim boshchiligidagi ekspertlar yosh sportchilarning kompleks zarbalar to'plamini qanday amalga oshirayotganini tekshirib borishdi. SHundan so'ng koreyalik murabbiy dasturi asosida jang payti amalga oshiriladigan texnik va taktik harakatlar, zarbalar kombinaciyalari, turli chalg'ituvchi usullar haqida tayyorlangan videorolik qo'yib berildi. Tadbir yakunlangach ishtirok etgan ekspertlar o'z xulosalarini terma jamoa murabbiylar shtabiga taqdim etishadi. SHundan so'ng terma jamoa uchun munosib nomzodlar saralab olinishi ko'zda tutilgan.

Bunday loyiha o'zbek sportining kelajagi yo'lida muhim poydevor bo'lishi kutilmoqda. Avvalo shuni takidlash kerakki, hozirda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat sabab mamlakatimizda sport butunlay to'xtab qolgani yo'q. Bugun mazkur loyiha Buxoro va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasida taekvondo sport turi misolida yo'lga qo'yilgan bo'lsa, kelajakda boshqa sport turlari bo'yicha ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing