So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

14 sen 07:43
Yangiliklar

Dzyudo

Yurtimizda ilk bor o'tadigan Jahon chempionatiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi

6-13 oktyabr kunlari poytaxtimiz birinchi marta dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni paytda ushbu musobaqaga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Kecha Milliy Olimpiya qo'mitasida dunyo birinchiligiga ko'rilayotgan hozirlik, Xalqaro dzyudo federaciyasi talabidan kelib chiqqan holda unda OAV xodimlarining faoliyatini muvofiqlashtirish mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. 

Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi Bosh kotibi Ulug'bek Kabulov, Xalqaro dzyudo federaciyasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Abdullo Murodov, O'zbekiston dzyudo federaciyasi terma jamoalar menejeri Eldor Qahhorov spiker sifatida qatnashishdi.

Anjumanni Oybek Kasimov ochib berdi va Sportni rivojlantirish vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib o'tdi. SHundan so'ng boshqa mutaxassislar ham o'z yo'nalishlari bo'yicha savollarga javob berishdi.

Xususan, Ulug'bek Kabulov 2019 yil Gran-pri, 2021 yil “Katta dubulg'a” turkumidagi musobaqalarni qabul qilganimizda to'plangan ulkan tajriba asosida xalqaro federaciya bilan ish olib borilayotgani, bunday yirik sport bayramidan Respublikamizning barcha hududlaridagi yosh sport ishqibozlarining bahramand bo'lishlari va bevosita bahslarni tomosha qilishlari uchun ularga maxsus sektorlar ajratilishi haqida aytib o'tdi. SHuningdek, 140 ga yaqin mamlakatdan kelishi kutilayotgan mehmonlarga barcha qulayliklarni yaratish orqali mamlakatimizning mehmondo'stligi, turizm, transport-logistika va boshqa sohalardagi salohiyatini ko'rsatish uchun ayni fursat ekanini takidladi.

Abdullo Murodovga ko'ra, hozirning o'zida Toshkentdagi jahon chempionatini yoritish uchun 70 ta xorijiy OAVdan talabnoma tushgan. Bu esa musobaqaga bo'lgan qiziqishning qanchalik kattaligidan dalolat bermoqda. Mutaxassis mahalliy OAV xodimlariga chempionatni yoritish uchun xalqaro tashkilot tizimidan qanday ro'yxatdan o'tish lozimligi, bu borada IJF tomonidan tasdiqlangan yo'riqnoma haqida gapirib o'tdi.

Ayni paytga kelib, 72 mamlakat Toshkentda o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun talabnoma topshirgan. Eldor Qahhorov erkaklar va ayollar jamoalarimizning xorij yig'ini yakunlangach dzyudochilarimizning holatiga qarab musobaqada kurashadigan to'liq tarkib rasman elon qilinishini bildirdi.

Anjuman davomida OAV xodimlariga g'olib va sovrindorlarga topshiriladigan esdalik sovg'alari, medallar dizayni, “Humo arena” atrofida mehmonlar uchun o'zbek milliy hunarmandchiligiga oid ko'rgazmalar tashkil etilishi, ochilish marosimiga oid atroflicha malumot berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing