So’nggi yangiliklar

19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0 17:04Спорт гимнастикачиларимиз Жаҳон челленж кубогида 3 та медалга сазовор бўлишди 0 16:43Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли жангида даҳшатли камбэк қайд этилди 0 16:22Дана Уайт тасдиқлади! Хамзат Чимаев Богдан Гусковнинг дивизионига ўтади 0 16:01"Манчестер Юнайтед" "Милан" ҳимоячисини сотиб олиши мумкин 0 15:40"Чироғингни ўчириб қўяман". Чемпион Стриклендга "вызов"лар бошланди 0 15:19Артур Гулиев Жаҳон кубогида кумуш медални қўлга киритди 0 14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0

01 iyu 13:13
Yangiliklar

Taekvondo

Yurtimizning turli xududlarida taekvondo WTF bo'yicha tadbirlar tashkil qilindi

Teglar :  Taekvondo
Xabaringiz bor, so'nggi paytlarda Milliy olimpiya qo'mitasi sportni ommalashtirish, uni aholi orasida targ'ib qilish yuzasidan bir qancha sport federaciyalari bilan birga turli tadbirlar tashkil etmoqda.

Bu borada taekvondo WTF associaciyasi ham ancha faol. Bunga misol sifatida tashkilot tomonidan joylarda o'tkazilayotgan tadbirlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Jumladan, Bekobod shahridagi 7-internat-bog'chada bolajonlar uchun ko'rgazmali chiqishlar namoyish etib berildi. Yoshlar kuniga bag'ishlangan tadbir Angren shahridagi "Fresh" majmuasida bo'lib o'tdi. Qashqadaryo va Qoraqalpog'istonda o'tkazilgan tadbirlar esa murabbiylar uchun selekciya vazifasini bajardi. Unda iqtidorli bolalar saralab olindi. Dam olish kunlari esa Andijon shahridagi istirohat bog'ida tashrif buyuruvchilar uchun master-klasslar o'tkazildi.

Albatta, sportni ommalashtirish, uni rivojlantirish yo'lida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta. Aynan shunday ko'rgazmali chiqishlar, master-klasslar orqali yoshlar orasida sportga qiziqish uyg'onadi. Bu esa o'z navbatida bizga yangidan-yangi nomlarni taqdim etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing